Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Migel Ramis: "Real" uchun Laportning transferi yaxshi harakat bo‘lardi"

Migel Ramis: "Real" uchun Laportning transferi yaxshi harakat bo‘lardi"

Baho:
+ | -

Luis Migel Ramisning fikricha, "Real Madrid" Aymerik Laportga e’tibor qaratishi kerak.

"Laport haqida muzokaralar bo‘ldi va menimcha, uning transferi yaxshi harakat bo‘lardi. U bor-yo‘g‘i 30 yoshda, u Yevro-2024ni ajoyib o‘tkazdi va "Real"da u bilan to‘rtta ajoyib markaziy himoyachi bo‘lardi, ikkitasi o‘ngda, ikkitasi chapda.

Moliyaviy nuqtai nazardan bunday operasiyani amalga oshirish mumkinmi yoki yo‘qligini bilmayman.

Hattoki, Alaba qaytishidan oldin "Real"ga yana ikkita markaziy himoyachi kerak, deb aytgan bo‘lardim. Jarohatlar va diskvalifikasiyalar mumkinligini hisobga olish kerak. Ulardan biri yuqori saviyali bo‘lishi kerak, ikkinchisi yoshlar akademiyasining yigiti bo‘lishi mumkin.

Tchuameni Kroos ketganidan so‘ng yarim himoyada muhimroq rolga ega bo‘ladi, menimcha, uni boshqa pozisiyada muntazam ishlatib bo‘lmaydi", - dedi "Real Madrid" sobiq himoyachisi.

Kiritildi: 06:00, 01.08.2024.
O'qildi: 1379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик