Yannik Engelxardt «Komo»ga ko‘chib o‘tdi.
A Seriyaning yangi klubi 23 yoshli yarim himoyachining «Fortuna»dan transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi Sesk Fabregas boshchiligidagi italyan klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.
Xabar qilinishicha, transfer summasi 8+1 million yevroni tashkil qiladi.
O‘tgan mavsumda ikkinchi Bundesligada Engelxardt 30 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.