Rasmus Xeylund krioterapiya kamerasidan olingan suratni joylashtirdi.
"Manchester Yunayted" hujumchisi "Arsenal" bilan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:2) son qismidan jarohat oldi. U 6 haftani o‘tkazib yuboradi.
Bugun Xeylund ijtimoiy tarmoqlarda harorat -100 darajadan pastga tushadigan krioterapiya kamerasidan olingan suratni joylashtirdi. "Havotir olmang. Skandinaviyada biz buni yoz deymiz”, deb yozadi daniyalik.