Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona

Font: "Agar men prezident bo‘lsam Xavi, Messi, Puyol, Gvardiolani klubga qaytaraman"

Font: "Agar men prezident bo‘lsam Xavi, Messi, Puyol, Gvardiolani klubga qaytaraman"

Baho:
+ | -

Viktor Font Lionel Messining "Barselona"ga qaytishi haqida gapirdi.

Kataloniya klubi prezidentligiga sobiq nomzodning so‘zlariga ko‘ra, agar u prezident etib saylansa, so‘nggi o‘n yil ichida "Barselona"ni tark etgan, ko‘pchiligi boshqa klublar va ligalarda hamon ishlayotgan va muvaffaqiyatlarga erishayotgan yulduzlarni qaytarib olib kelardi.

"Men Xavi, Messi, Karles Puyol, Pep Gvardiola va Xavyer Asensi ("Inter Mayami"ning biznes operasiyalari prezidenti va "Barsa - Sport"ning sobiq bosh tijorat direktori) kabi odamlar qaytib kelib, klubga foyda keltiradigan lavozimlarni egallashlari uchun sharoit yaratgan bo‘lardim.

Bu bizning qiyinchilik va katta imkoniyatimiz. Ularning barchasi hali ham "kules" ("Barselona" muxlislari - muallif), ularning barchasi hali ham bu klubni juda yaxshi ko‘rishadi.

Agar ular bu yerda bo‘lmasa, bu ularning qaytishi uchun qulay sharoit yaratilmagani uchundir", — dedi Font.

Kiritildi: 21:34, 02.08.2024.
O'qildi: 5104 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик