Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Parij-2024. Boks. Hasanboy Do‘smatov «el-klasiko»da Saken ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Parij-2024. Boks. Hasanboy Do‘smatov «el-klasiko»da Saken ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Boks bo‘yicha Rio-2016 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda yarim finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz chorak finalda o‘zining azaliy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Saken Bibossinovni mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi.

Birinchi raund tengma-teng kurashlar ostida kechdi va hakamlarning 3 nafari ustunlikni qozoq bokschisiga berishdi.

Ikkinchi bo‘limda Hasanboy rang-baranglikni oshirdi va kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Bu safar referilarning 3 nafari Do‘smatovning g‘alabasini qayd etdi. Natijada so‘nggi bo‘lim oldidan hisob tenglashdi.

Tinib-tinchimas Do‘smatov so‘nggi 3 daqiqalikda aniq zarbalari evaziga Sakenni qiyin ahvolga solib qo‘ydi hamda barcha hakamlarning ovozini o‘ziga og‘dirdi. Yakuniy baholar — 3:2 (30-27, 29-28, 29-28, 28-29, 28-29).

Hasanboy Do‘smatov yarim finalga yo‘l oldi! Keyingi bahs 4 avgust kuni final uchun Kabo-Verde vakili David De Pinaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:52, 03.08.2024.
O'qildi: 5233 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик