Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha musobaqalarning aralash jamoaviy turi bo‘yicha o‘tish bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbekistonliklar Janubiy Koreya bilan bellashdi.
Bellashuv O‘zbekiston terma jamoasining 2:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Vakillarimizdan Gulnoza Matniyazova hamda Diyora Keldiyorova o‘z bahslarida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Davlat Bobonov, Irisxon Qurbonboyeva, Alisher Yusupov va Murodjon Yo‘ldoshev yutqazib qo‘ydi.