"Atletiko Madrid" "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreskaga da’vogarlar qatorida bo‘lib turibdi.
29 yoshli futbolchining Myunxen grandidagi kelajagi o‘tgan yildan beri so‘roq ostida edi, biroq yarim himoyachining o‘zi hamon ketishni rejalashtirmagan ko‘rinadi.
Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, Goreskaga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda, biroq nemis futbolchisi faoliyatini davom ettirish uchun bu variantni ko‘rib chiqmayapti – u “Bavariya”ning yangi ustozi Vensan Kompani bilan qolish va o‘zini ko‘rsatishga bel bog‘lagan. Boshqa klublar bilan muzokaralar yo‘q.