Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Saidazamat Mirsaidov: “Navbahor”ga sovrin yutish uchun kelganman”

Saidazamat Mirsaidov: “Navbahor”ga sovrin yutish uchun kelganman”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, "Navbphor" yozgi transfer “darchasi”da o‘z safiga bir qator futbolchilarni qo‘shib oldi. Ular orasida mahoratli himoyachi Saidazamat Mirsaidov ham bor.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz tarkibida Parij-2024 Olimpiadasida qatnashib, yurtimizga qaytib kelgan 23 yoshli futbolchi “lochinlar”ning safidagi mashg‘ulotlarda ham qatnashdi.

Jamoaning navbatdagi mashg‘uloti yakuniga yetgach, Saidazamat Mirsaidovdan intervyu olib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Quyida mazkur suhbatni e’tiboringizga havola etyapmiz.

– Assalomu alaykum! Saidazamat, avvalo jamoamizga xush kelibsiz!
– Vaalaykum assalom! Rahmat!

– “Navbahor”ga o‘tishingiz qanday sodir bo‘ldi? Jamoaga sizni kim taklif qildi?
– “Navbahor” klubidan menga joriy yil boshidan qiziqish bor edi. O‘zimda ham mazkur jamoadan taklif bo‘lgach, “Navbahor”da o‘ynashga qiziqish uyg‘ondi. Boisi, klub o‘z oldiga yuksak maqsad,  ya’ni, chempionlik unvoni qo‘lga kiritish maqsadini qo‘ygandi. Birinchi davra bahslari yakunlanib, davralar oralig‘idagi tanaffus yuzaga kelgach, klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovning taklifiga binoan, jamoa tarkibiga qo‘shildim.

– Jamoamiz safiga qo‘shilib, mashg‘ulotlarda ham qatnashishga ulgurdingiz. Dastlabki taassurotlar qanday?
– “Navbahor”da meni yaxshi kutib olishdi. Jamoada ichki muhit ham a’lo darajada ekan. Tarkibga yaqinda ko‘shilgan bo‘lsam ham, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Mashg‘ulotlar  a’lo darajada va qiziqarli tarzda kechmoqda.

–  Jamoaga moslashish qiyin kechmayaptimi?
– Yo‘q. Sababi, tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar mening futboldagi akalarim desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayrimlari bilan birga to‘p tepgan bo‘lsam, ba’zilari bilan terma jamoada birga mashg‘ulotlar olib borganman. Ular menga jamoaga moslashish jarayonida yordam berishmoqda.

– Parij- Olimpiadasi taassurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz...
– Olimpiadada kutilgan natijaga erisha olmadik. Buning esa o‘ziga xos ob’ektiv hamda sub’ektiv sabablari bor. Jumladan, tashkilotchilikda ham kamchiliklar yetarlicha bo‘ldi. Har kuni qiyinchilikka duch keldik, O‘n besh daqiqalik yo‘lga bir  soatda yetib borar edik, shuningdek, taomlarga ham moslashish qiyin bo‘ldi.

– Olimpiadada ijobiy natija qayd etib, “pley-off” bahslariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishinglarga ko‘pchilik ishongandi. Ammo guruh bosqichi o‘yinlari olimpiyachilarimiz uchun omadsiz yakunlandi. Sizningcha, yaxshi natijaga erishish uchun jamoaga nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?
– Terma jamoamiz kuchli guruhdan joy oldi. Guruhimizdagi jamoalarning yarim finalgacha yetib borganligi buni isbotlab turibdi. Bu ularning qanday kuchga ega ekanligidan dalolat. Biz ham raqiblarga qarshi tengma – teng kurash olib bordik. Faqat hujumlar o‘z yakuniga yetmadi.

Menimcha, jamoamiz ham guruhdan chiqishni uddalaganida, o‘ylaymanki, biz ham yarim finalgacha yetib borar edik. Ammo taqdir ekan, guruh bosqichidan keyin, musobaqani yakunlashga majbur bo‘ldik.

– “Navbahor”ning O‘zbekiston kubogi va Superligadagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
– Jamoa tarkibidan yaxshi futbolchilar joy olishgan. “Navbahor” klubida futbolni tushunadigan, sevadigan rahbarlar faoliyat olib borishadi. Rahbariyat tomonidan jamoaning ijobiy natijasi uchun hamma sharoitlar yaratib berilgan. Murabbiylar shtabidan ham yaxshi mutaxassislar o‘rin olishgan. Yana bir ahamiyatli tomoni, “Navbahor” muxlislari ham futbolni sevishadi, hatto mashg‘ulotlarga ham kelib, futbolchilarni olqishlab turishar ekan.

Menimcha, shunday sharoit va muhitga yarasha, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishimiz zarur. “Navbahor”ga sovrin yutish uchun kelganman. Xudo xohlasa, ushbu niyatim amalga oshadi.

– So‘nggi so‘z o‘rnida fikrlaringiz...
– “Navbahor” jamoasi a’zolari hamda muxlislariga meni iliq tarzda kutib olishgani va qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ayniqsa, ishqibozlarga shunchalik futbolni sevib, jamoaga kelganimning ilk kunidanoq ishonch bildirishgani uchun katta rahmat aytaman.

Bunday muxlislar g‘alabalarga loyiqlar. Shu bois, biz chiroyli o‘yinlarimiz bilan ularni xursand qilishni niyat qilganmiz.

Maqsadimizni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:41, 06.08.2024.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.