Vitor Roke bir necha kun avval «Al-Hilol» taklifini rad etgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchi riyodliklar tomonidan taklif qilingan shartnoma shartlaridan qoniqmagan. U ko‘proq pul xohlagan, shu sabab Saudiya grandi undan voz kechgan.
Eslatib o‘tamiz, Roke o‘tgan qishda «Atletiko Paranaense»dan 30 million yevro + 30 million bonuslar evaziga «Barselona»ga o‘tgandi.