«Norvich» «Manchester Siti» himoyachisi Kallum Doylni ijaraga olganini e’lon qildi. Shartnoma 2025 yilning may oyi oxirigacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumda 20 yoshli angliyalik futbolchi «Lester»ga ijaraga berilgandi. «Tulkilar» safida u 23 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Doylning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.