«An-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu payshanba kungi katta yangiliklarga javob qaytardi.
Ronalduning «Real»dagi sobiq sherigi himoyachi Pepe 41 yoshida faoliyatini yakunladi. Krishtianu ijtimoiy tarmoq orqali Pepega xabar yubordi.
«Sizning men uchun qanchalik muhim ekanligingizni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, do‘stim. Biz maydonda qo‘limizdan kelgan hamma narsani yuta oldik. Biroq, bizning eng katta g‘alabamiz - bu do‘stligimiz, shuningdek, sizga bo‘lgan hurmatim cheksiz. Akam, sen yagonasan. Hammasi uchun rahmat!», deb yozadi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pepe Portugaliya terma jamoasi safida yuzdan ortiq o‘yin o‘tkazgan.