Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Chelsi" Palmer bilan yangi shartnoma imzoladi

"Chelsi" Palmer bilan yangi shartnoma imzoladi

Baho:
+1 | -

"Chelsi" hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda jurnalist David Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi londonliklar jamoasi bilan yangi shartnoma imzolagan va u endilikda 2033 yilgacha (ilgari 2031 yilgacha) amal qiladi. Ta’kidlanishicha, Palmer yangi kelishuvga ko‘ra sezilarli darajada ko‘proq maosh oladi.

Shu tariqa, "Chelsi" rahbarlari o‘z yarim himoyachisiga o‘tgan mavsumdagi ajoyib o‘yini uchun minnatdorchilik bildirishga qaror qilishdi, deya xulosa qildi manba.

2023/24 yilgi mavsumda Palmer "Chelsi" safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:36, 13.08.2024.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик