"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior final o‘yinlarida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.
Braziliyalik futbolchi Italiyaning "Atalanta" klubiga qarshi UEFA Superkubogi bahsida golli uzatmani amalga oshirdi.
Opta xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi "Los-Blankos"ning so‘nggi beshta finalida to‘qqizta gol kiritishda bevosita ishtirok etgan (6 gol va uchta golli uzatma).
Umuman olganda, forvard barcha musobaqalarda "Real" safida 11 ta final o‘yinida 11 ta gol urgan.













