Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Manchester Yunayted» xo‘jayini jamoa futbolchisini yo‘qotishga qaror qildi

«Manchester Yunayted» xo‘jayini jamoa futbolchisini yo‘qotishga qaror qildi

Baho:
+-1 | -

«Manchester Yunayted»ning minoritar xo‘jayini Djim Retkliff, manbalarning xabariga ko‘ra, 25 yoshli urugvaylik yarim himoyachi Manuel Ugarteni sotib yuborishni talab qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchining taqdiri borasidagi bu qaror «MYU»ning o‘z maydonida «Lids»ga mag‘lub bo‘lgan (1:2) o‘yinidan so‘ng qabul qilingan.

Retkliff ushbu uchrashuvda Ugartening o‘yinidan shu qadar hafsalasi pir bo‘lganki, endi u futbolchidan tezroq qutulishni talab qilmoqda. Vaholanki, urugvaylik futbolchi atigi ikki mavsum avval «PSJ»dan 51 million funt evaziga sotib olingan edi.

Joriy mavsumda Ugarte klub safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. Urugvaylik yarim himoyachi birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Kiritildi: 18:57, 24.04.2026.
O'qildi: 2661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик