Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Yamal tekshiruvlardan so‘ng yengil tin oldi

Yamal tekshiruvlardan so‘ng yengil tin oldi

Baho:
+ | -

Lamin Yamal 2025/2026 yilgi mavsumda «Barselona» safida boshqa maydonga tushmaydi. Iqtidorli futbolchi bir necha kun oldin Ispaniya chempionati doirasidagi «Selta»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

AS nashrining xabar berishicha, Yamal jarohat olgan zahotiyoq yaqinlariga bu juda jiddiy bo‘lishi mumkinligini aytgan. Biroq tibbiy ko‘rik natijalari ma’lum bo‘lgach, Lamin yengil tin oldi — u JCH-2026 boshlanishiga qadar sog‘ayib ulguradi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi. Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay termalariga qarshi bahs olib boradi. Qayd etish lozimki, so‘nggi uchta mundialda Ispaniya 1/8 finaldan uyog‘iga o‘ta olmagan.

Kiritildi: 17:40, 24.04.2026.
O'qildi: 3405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик