«Real» «RB Leypsig»dan Yan Diomande o‘tganini e’lon qildi.
Kot-d’Ivuar terma jamoasining 19 yoshli vingeri bilan tuzilgan kelishuv 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Xabar qilinishicha, «Real» Diomande uchun 125 mln yevro to‘laydi, yana 15 mln yevro esa bonuslar ko‘rinishida to‘lab berilishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Diomande Bundesliganing 33 ta o‘yinida 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.













