Payshanba, 16 avgust kuni Superliga 16-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuvda «Metallurg» Olmaliqda «Neftchi»ni qabul qildi.
Uchrashuv nursiz durang 0:0 hisobida yakunlandi.
O‘yinda sanoqli xavfli vaziyatlar bo‘ldi. Shuningdek, e’tiborga molik vaziyatlardan farg‘onaliklar vakili Sanjar Qodirqulovning 90+5-daqiqada maydondan chetlatilganini ham aytish mumkin.