Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-0 Paxtakor

Grigoriy Kolosovskiy: «Yana ikki ochko yo‘qotdik»

Grigoriy Kolosovskiy: «Yana ikki ochko yo‘qotdik»

Baho:
+ | -

Superligada 16-tur start oldi. «Metallurg» jamoasi bu tur «Neftchi»ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Biz yana ikki ochkoni yo‘qotdik. Juda og‘ir ahvoldamiz. Vaholanki, gol kiritish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi. 0:0 ni yomon natija deb bo‘lmaydi, ammo bizning xolatimizda emas. Biz uchun har bir bahs finalga teng. Farg‘ona klubi bir kun ko‘proq dam olgani ham sezildi. Ular yengilroq harakat qilishdi. Yigitlar kurashishdi.

— Jamoa natijalaridan qanoatlandingizmi?

— Bir uchrashuvda yengilib, ikkinchisida g‘alaba qozongan ikkita durangdan yaxshiroq. O‘yin sifati yaxshilandi, ammo omad kemayapti.

— Futbolchilar nega darvozaga zarba bermayapti?
— Asad ikki marta yaxshi vaziyatdan zarba yo‘lladi. Hamma zarba ham golga aylanmaydi. Buni istasak ham imkoni yo‘q. Yigitlar g‘alabani xohlagan edi. Afsus, uddalay olmadik.

— "Dinamo" bilan keyingi bellashuvdan nima kutyapsiz?

— Quvnoq jamoa. Ularga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Bir kun dam olib, mashg‘ulotlarga kirishamiz. Navbatma-navbat maqsad sari yuramiz. To‘xtab qolmaslik kerak.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:08, 16.08.2024.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик