Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mirjalol Qosimov: "Ikkala jamoa ham 3 ochko uchun o‘ynadi"

Mirjalol Qosimov: "Ikkala jamoa ham 3 ochko uchun o‘ynadi"

Baho:
+ | -

Superligada 16-tur bahslari davom ettirildi. Olmaliqning OKMK jamoasi bu tur Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo‘ldi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ikki jamoa ham bugun g‘alaba uchun o‘ynadi. Muxlislar chiroyli va ko‘p golli vaziyatga ega bahsga guvoh bo‘lishdi. "Dinamo" jamoasiga ochko kerak edi va oxirigacha kurashib g‘alaba qozondi. Bu bilan ularni tabriklayman. Ikkinchi bo‘limda, oxirgi 20 daqiqada yarim himoyachilar ularda ham, bizda ham yo‘q edi. Bor e’tibor hujumga qaratildi. Bizda ham 2-3 ta imkoniyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. Mag‘lubiyatga uchradik. Ikkinchi taymda zaxiradan tushgan futbolchilar kuchaytirishi kerak edi, ammo o‘xshamadi. Hayot davom etadi.

Mavsumni eng zo‘r o‘yinlaridan biri bo‘ldi. So‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozonishni juda ham istagani uchun OKMK o‘yinni nazoratidan chiqarib yubormadimi?

Ikkinchi bo‘limda "Dinamo" yaxshi hujum amalga oshirdi. Chap qanot himoyachimiz katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Undan yaxshi foydalanib ketdi raqib. Keyin g‘alaba uchun miya o‘chib qoldi. Bugun man ikki jamoada ham markazda yarim himoyachilarimizni ko‘rmadim. Kim ursa, o‘sha jamoa yutib ketadi deb o‘ylab turgan edim. Bundan avvalgi matbuot anjumanida ham aytib o‘tgan edim. Qayerda ishlashimdan qat’iy nazar, pul bor yo‘qligiga qaramay yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Muxlislar uchun o‘ynaymiz. Ular maydondagi jangdan zavqlanib ketishi kerak. E’tiborimizni xalqaro maydonga qaratganmiz. U yerda katta jamoalar bilan to‘qnash kelamiz. Ana shunda, futbolchilar o‘sadi. Xalqaro tajriba uchun bu kerak. Chempionatimiz va OCHLning havosi boshqacha. Unday musobaqa uchun inson mehnati bilan erishadi. Yaxshi mashg‘ulot o‘tkazish kerak. Har bir detalning ahamiyati katta.

OKMK bu yil chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri. Imkoniyat qanday deb baholaysiz?

To‘ydan oldin nog‘ora chalib bo‘lmaydi. Nasib qilgani bo‘ladi. Bugun yaxshi niyatda kelgan edik. Yil davomida o‘yinlarimiz ko‘p. Kutilmagan voqealar bo‘lishi mumkin. Masalan, Sentoku zaxarlangani uchun bugun uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Niyat qilamiz, chempionlikka harakat qilyapmiz. Elit ligada ishtirok etsak, nur ustiga a’lo nur.

Akrom Komilovning xolati qanday?

"Navbahor" bilan o‘yinda yo‘q joydan jarohat oldi. Tizzasidan lat yegan. Yaqin orada safga qaytmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:17, 17.08.2024.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.