"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Lisandro Martines "Fulxem" ustidan (1:0) qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi.
"Biz uchun eng muhimi - uch ochko. Men bu katta klubda o‘ynaganimdan faxrlanaman. Albatta, bizda hali yaxshilanishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p", - deya Lisandro Martines so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Angliya chempionatining navbatdagi turida “Manchester Yunayted” “Brayton”ga qarshi bahs olib boradi.