Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Manu Konega A Seriyaning ikki vakili qiziqish bildirmoqda.
Fransiyalik futbolchi o‘z klubini tark etmoqchi va shartnomani uzaytirish taklifini allaqachon rad etgan. Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, “Milan” va “Roma” vaziyatdan unumli foydalanishga tayyor va 23 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Transferning taxminiy narxi 20-25 million yevroni tashkil qiladi.
Manu Konening Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.