Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Roma” 7 futbolchi bilan xayrlashadi. Ular orasida Shomurodov ham bor

“Roma” 7 futbolchi bilan xayrlashadi. Ular orasida Shomurodov ham bor

Baho:
+ | -

Italiyaning “Roma” klubi murabbiyi Daniyele de Rossi yangi mavsumda rejalaridan o‘rin olmagan futbolchilar ro‘yxatini klub rahbariyatiga taqdim etgan.

Insayder Nikola Skiraning ma’lumot berishica, klub ushbu yozgi transfer oynasida xayrlashishga tayyor bo‘lgan futbolchilar 7 nafarni tashkil etadi. Ular orasida hujumchilar Eldor Shomurodov, Paulo Dibala, Temmi Abraham, yarim himoyachilar Nikola Zalevski, Edoardo Bove hamda himoyachilar Kris Smolling va Rik Karsdroplar bor.

Rimliklarning barcha o‘yinchilarga takliflari bor, masalan, “Al-Qodisiya” klubi Dibalani sotib olmoqchi, Abrahamga ham Yevropa jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Eldor Shomurodov yangi mavsumni ijara asosida “Verona”da yoki MLS ishtirokchisi “Atalanta Yunayted” safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

18 avgust kuni Rim klubi “Kalyari” mehmoni bo‘ldi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob ochilmadi. O‘zbekistonlk Eldor Shomurodov qaydnomadan o‘rin oldi, ammo maydonga tushmadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:20, 19.08.2024.
O'qildi: 6726 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.