Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laviya: "Yana jarohat olishdan qo‘rqdim"

Laviya: "Yana jarohat olishdan qo‘rqdim"

Baho:
+ | -

Kecha Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qildi va mamlakat chempioniga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘tgan yili "Sautgempton"dan katta pulga sotib olingan futbolchi Romeo Laviya bir yil ichida ilk bor "Chelsi" uchun maydonga tushdi.

U o‘yindagi voqealar va maydondagi ko‘rinishi haqida shunday dedi: 

"O‘ylaymanki, uchrashuvda ijobiy tomonlar ko‘p bo‘ldi. Biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Biz narsalarga ijobiy qarashimiz va oldinga intilishimiz kerak.

O‘tgan mavsumdagi sabr va sa’y-harakatlari uchun klub va shifokorlardan minnatdorman. Mavsumoldi mashg‘ulotlari bugun menga yordam berdi, biroq yana jarohat olishdan biroz qo‘rqdim", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Kiritildi: 13:47, 19.08.2024.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.