Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zommer: "Sinchiklab o‘ylab, shunday qarorga keldim"

Zommer: "Sinchiklab o‘ylab, shunday qarorga keldim"

Baho:
+ | -

Milanning “Inter” klubi darvozaboni Yann Zommer Shveysariya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilganidan so‘ng xayrlashuv nutqi bilan chiqdi.

35 yoshli darvozabonning terma jamoani tark etishi dushanba kuni ma’lum bo‘ldi.

"Men sinchiklab o‘ylab, shunday qarorga keldim. 12 yil davomida yurtim bayrog‘ini eng yuqori saviyada namoyon etish men uchun katta sharaf edi.

Ko‘p unutilmas lahzalar, g‘alabalar, hayajonli o‘yinlarni g‘urur bilan eslayman, shuningdek, birgalikda yengib o‘tgan qiyinchiliklarni eslayman.

Jahon va Yevropa chempionatlarining final bosqichida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldim, u yerda to‘rt marta 1/8 finalga chiqdik va ikki marta chorak finalda o‘ynadik.

Bu xotiralarning barchasi mening qalbimda alohida o‘rin tutadi", - deya Zommerning so‘zlarini keltiradi Shveysariya futbol assosiasiyasi.

Kiritildi: 17:36, 19.08.2024.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик