Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Qahramon «kampirsho»

Qahramon «kampirsho»

Baho:
+ | -

Parij Olimpiadasining ayollar futbolidagi dastlabki kuni erkaklar turniridagi Argentinaning mojaroli startidan ko‘ra maroqli o‘tdi.

Bosh qahramon - braziliyalik Marta. Ha, sayyoramizning 5 karra eng yaxshi futbolchisi Parijga keldi, asosiy tarkibda maydonga tushdi va startni Nigeriya ustidan g‘alaba (1:0) bilan boshlanishiga sababchi bo‘ldi.

Marta zargarona assistni amalga oshirdi, boshqa tomonga yugura turib, kutilmaganda yo‘nalishni o‘zgartirdi. Braziliya Olimpiada favoriti emas, boz ustiga, Ispaniyadek jahon chempioni bilan bir guruhdan joy olgan. Aynan shu sababli, musobaqani g‘alaba bilan boshlash muhim ahamiyatga ega.

Birinchi bo‘limning o‘rtalarida Marta qandaydir o‘ziga xos uzatmani namoyish etdi. Avvaliga markazga intilib, raqib darvozasidan uzoqlashdi. Keyin jamoadoshining olg‘a intilganini ko‘rib qoldi va to‘pni uning yo‘nalishiga yo‘lladi. Hujumchi Gabi Nunyesh uzatmadan unumli foydalanib, yaqin to‘qqizlikni ishg‘ol etdi.

Qisqasi, Braziliya 1:0 hisobidagi g‘alabani saqlab qoldi va o‘z guruhida Yaponiyani 2:1 hisobida mahv etgan Ispaniya bilan birgalikda yetakchi bo‘lib oldi. Ispaniyaliklar safida Aytana Bonmati gol va assistni rasmiylashtirib, o‘yinning bosh qahramoni bo‘ldi. Darvoqe, «Barselona»ning 26 yoshli hujumchisi ESPN tomonidan XXI asrdagi ayol futbolchilar orasida 2-o‘ringa loyiq topildi. Martadan keyingi o‘ringa.

«Kampirsho» Martaning oltinchi Olimpiadasi! Oltita «Oltin to‘p» bor, oltin medal esa hamon yo‘q

Marta - superafsona. U shunchaki, futbolchi maqomidan ancha yuksakroq. Qahramonimiz 2006, 2007, 2008, 2009, 2010 va 2018 yillarda dunyodagi eng yaxshi sportchi sifatida e’tirof etilgan. Vladimir Ivanov so‘nggi Olimpiada yulduzlarini tanishtirish chog‘ida quyidagi ma’lumotni eslatib o‘tdi: «Vaqti-vaqti bilan shaxsan Pele qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘yinlariga mahliyo bo‘lib qolganligini izhor etardi».

Biroq Martaning sovrinlar kolleksiyasiga Olimpiadaning oltin medallari yetishmayapti. Vaholanki, ayollar turnirida asosiy terma jamoalar ishtirok etadi. Braziliyalik buyuk futbolchiga bir marta bo‘lsada, omad kulib boqmadi.

Afina-2004 - kumush medal. Turnirda Marta 3ta gol urgan, lekin finalda hech narsa qila olmadi. Braziliya esa qo‘shimcha vaqtda AQSHga imkoniyatni boy berdi.

Pekin-2008 - yana kumush medal va yana 3ta gol (chorak finalda g‘alaba goli, yarim finalda javob goli) va yana qo‘shimcha vaqtda sovrinni AQSH qo‘lga kiritishi.

London-2012 - musobaqani chorak finalda tark etish. Marta guruh bosqichida gol urdi, lekin pley-off bosqichida Yaponiya 2:0 hisobida zafar quchdi.

Rio-2016 - yarim finalda mag‘lubiyat. Mashhur «Marakana» stadionida penaltilar bo‘yicha Shvesiyadan yengilgan, keyin 3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Kanadani yenga olmagan. Marta esa pley-off bosqichida gol ura olmagan.

Tokio-2020 - musobaqani chorak finalda tark etgan. Bunda ham pley-offning dastlabki bosqichida omad bo‘lajak chempion - Kanada tomonida bo‘lgan. Marta esa dastlabki 2 uchrashuvda 3ta gol urgan, pley-off bosqichini «quruq» o‘tkazgan.

Umuman, qahramonimiz terma jamoa bilan biror marta shohsupaga ko‘tarila olmagan, eng yuqori natijasi - kumush medal. 2007 yilda Marta 5ta o‘yinda 12ta (7}5) sermahsul harakatlari bilan Braziliyani finalga olib chiqqan, lekin Germaniyani yenga olmagandi - 0:2. Shundan beri hanuzgacha nufuzli sovringa bunchalik yaqinlasha olmayapti.

Marta - 5ta Olimpiya O‘yinlarida gol urgan yagona to‘purar. Afsuski, nufuzli turnirda 6-marta merganlik san’atini namoyish etish Martaga nasib etmadi. «Terma jamoadagi yagona kampirsho - menman. Jamoadoshlarimning ko‘pchiligi nav­qiron qizlar. Ular uchun hammasi hali oldinda», - degandi Marta Braziliya uchun omadsiz yakunlangan JCH-2023 turniridan keyin. O‘shanda uning jamoasi guruhdan chiqa olmagandi. Marta esa Parijda terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Endi u uchun jahon Kubogi ham, Olimpiya O‘yinlari ham tarixga aylandi.

«Futbolning qaysi jihati yaxshi ekanligini bilasizmi? To‘p surishni boshlagan davrimda ayollar futbolida «kumirlar» yo‘q edi. O‘yinlarni TVda namoyish etilmasa, ular qayerdan kelishi mumkin? Terma jamoa a’zosi bo‘lishim, qizlarga ibrat ko‘rsatishim hatto xayolimga ham kelgan emasdi. 20 yil avval ilk marta maydonga tushganimda, meni hech kim tanimasdi. Endi esa biz ko‘pchilik ayollarning nishoniga aylandik», - deydi Marta.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 19.08.2024.
O'qildi: 1675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.