Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ro‘ziqul Berdiyev: «Hali mavsum tugamadi. Har bir bahs finalga teng»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Hali mavsum tugamadi. Har bir bahs finalga teng»

Baho:
+ | -

Superligada 14-turning qoldirilgan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Nasaf» jamoasi bu tur safarda «Olimpik» bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Birinchi bo‘limda juda ham qiynaldik. Raqib yaxshi himoyalangani uchun muammoga uchradik. Tezkor gol kiritib, vazifamizni osonlashtirmoqchi edik, ammo o‘xshamadi. Gol urganimizdan keyin raqib oldinga chiqdi va bizda imkoniyatlar paydo bo‘ldi. «Olimpik» yosh va tajribasiz bo‘lsa ham katta ishtiyoq bilan harakat qildi. Yigitlarga raqibni hurmat qilishni ta’kidlagan edik. Asosiysi g‘alabaga erishdik. Biz uchun 3 ochko zarur edi.

— Birinchi bo‘limni ikkita hujumchi bilan boshlab raqib darvozasiga birorta aniq zarba berilmaganini qanday izohlaysiz?
— Vazifasini yaxshi bajarmagani bilan bog‘liq. Ikkalasida ham birinchi bo‘limda vaziyat bo‘lmadi. Goldan oldin o‘zgarish qildik va bu ta’sir ko‘rsatdi. Ikkita hujumchiga ham e’tirozimiz bo‘ldi.

— Yangilangan «Olimpik»ka qarshi ko‘pchilik «Nasaf»ga oson bo‘ladi deb o‘ylagandi?!
— Men unday deb o‘ylamagan edim. Hozir jamoadagi yigitlar o‘zini ko‘rsatish uchun katta motivasiya bilan harakat qilmoqda. Bu karyerasi uchun muhim. Ularga yuqori baho beraman.

— Chempionlik poygasidagi raqobat haqida fikringiz qanday?
— Biz oxirigacha kurashamiz. Hali mavsum tugamadi, ammo imkoniyatimiz bor. Har bir bahs finalga teng. Har bir o‘yinga jiddiy yondashsak maqsadimizga yetish osonroq bo‘ladi deb o‘ylayman.

— «Nasaf»ning hujumdan tashqari yana qaysi aspektlarda ishi yurishmadi deb o‘ylaysiz?
— Hujumdagi agressiya yetishmagani aniq. Maydonning xolati sababli to‘pni nazorat qila olmadik. Hatto, eng yaxshi texnika egasi Oybek Bozorovda ham xatolar kuzatildi. Bugun bu omillar ko‘zga ko‘rindi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:59, 21.08.2024.
O'qildi: 1692 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик