Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

OFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdi

OFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

20-22 avgust kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohida Professional futbol seminari bo‘lib o‘tdi.

OFKning Professional futbol boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda klublarni lisenziyalash jarayonidagi yangiliklar va o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. OFK mutaxassislari bilan bir qatorda UYEFA vakillari ham Yevropadagi lisenziyalash jarayoni haqida, FIFA mutaxassislari esa tashkilotning professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihalari xususida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, seminarda OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishtirok etish shartlari va ortda qolgan mavsum bo‘yicha Osiyo futboli sarhisobi haqida so‘z bordi.

3 kunlik seminarda OFKga a’zo mamlakatlar vakillari qatorida O‘zbekiston nomidan O‘zPFL Klublarni lisenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov hamda ushbu bo‘lim yetakchi mutaxassisi Jalolxon Inog‘omxo‘jayev ishtirok etdi.

 Qolaversa, qit’a va jahon futboli ekspertlari, shuningdek OFK Professional futbol qo‘mitasi raisi Park Ji Sung va mazkur qo‘mita a’zosi Diyor Imomxo‘jayev ham seminarga taklif etildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:19, 22.08.2024.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик