Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Oleksandr Usik—Tayson Fyuri revansh jangi. Qarama-qarshilik haqida ma’lumotlar

Oleksandr Usik—Tayson Fyuri revansh jangi. Qarama-qarshilik haqida ma’lumotlar

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonida ko‘ngilochar ishlar bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi Turki al ash-SHeyx Oleksandr Usik hamda Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

Bokschilar o‘rtasidagi dastlabki jang 19 may sanasida bo‘lib o‘tgan edi. 12 raund davom etgan jang Usikning hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

Og‘ir vazn toifasidagi ushbu qarama-qarshilik haqida yana nimalarni bilish kerak?

Fyuri Usikka qarshi jangdan bir necha hafta keyin barda ichib o‘tirgan holda ko‘rinish bergan, biroq iyun oyidan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytgandi.

21 dekabr sanasi birinchi jangdan roppa-rosa 2 hafta o‘tib, yangragan edi, keyinchalik esa bu xabar rasman tasdiqlandi. “Mutlaq jahon chempioni Oleksandr Usik hamda Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jang mezboni Ar-Riyod bo‘ladi. Yana tarixiy jang guvohi bo‘lamiz. Boks muxlislari oldida o‘z majburiyatlarimizni bajarishda davom etamiz”, — deb yozgandi Turki al ash-SHeyx o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ortda qolgan 3 oy mobaynida Fyuri barlarga qadam ranjida qilar, oyoqda tura olmaydigan darajada ichar edi. Biroq darhol o‘ziga kelib, Usikka chaqiriq tashlagan: “Uni nokaut qilishimga to‘g‘ri keladi, chunki ochkolar hisobiga uni mag‘lub eta olmayman. Jangni intiqlik bilan kutyapman. Oleksandr, darhol o‘zingni tartibga keltir. Dekabrda ko‘rishamiz”.

Usik esa bu paytda aktyor Dueyn Jonson bilan kinoda rol ijro etdi, Parij Olimpiadasi ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatladi, Londonga Joys-CHisora jangini ko‘rish uchun bordi. Olimpiada yakuniga yetganidan so‘nggina ukrainalik bokschi mashg‘ulotlarga qaytdi.

Revansh oldidan faktlar:

— Jang uchta kamar uchun kechadi — iyun oyida Usik IBF kamaridan voz kechgandi, endilikda bu kamar Daniel Dyubuaga tegishli;

— Revansh — Birinchi jangning natijasidan qat’iy nazar bokschilarning shartnomasida ikkinchi jang mavjud edi. Lekin Fyuri g‘alaba qozongan taqdirda, trilogiya haqida hech kim gapirmagan;

— Bu Usik uchun faoliyatidagi ikkinchi dilogiya bo‘ladi (birinchisi Joshuaga qarshi edi), Fyurida esa allaqachon ikkita dilogiya mavjud (Uaylder va Chisoraga qarshi);

— Agar Tayson revanshda g‘alaba qozonsa, XXI asrda og‘ir vazn toifasida uch karra chempion bo‘lgan uchinchi bokschiga aylanadi, bundan avval Lennoks Lyuis va Vitaliy Klichko bu vazifani uddalagan. Lekin Entoni Joshuada bu missiyani 3 oy oldin bajarish imkoniyati mavjud;

Usik va Fyuri qarama-qarshiligining birinchisi va ikkinchisi orasidagi vaqt 7 oyni tashkil etadi. Bu Lyuis—Holifild (8 oy), Holifild—Tayson (8 oy), Bou—Holifild (12 oy) dilogiyasidan kamroq vaqt ichida bo‘lib o‘tayotgan jang hisoblanadi;

— Ikkala bokschining revansh jangi sanasidagi umumiy yoshi 73 ni tashkil etadi (Usik — 37 yoshda, Fyuri esa 36). Ikkinchi jangdan bir oy o‘tib, Oleksandr 38 ga kiradi. Mayk Tayson hamda Lennoks Lyuisning umumiy yoshi 72 ni tashkil etgan edi;

— Agar Usik ikkinchi marta ham g‘alaba qozonsa, Entoni Joshuaga qarshi uchinchi o‘tkazishi mumkin. Bunday holatda ushbu jang mutlaq chempionlikni birlashtiruvchiga aylanadi.

“Revanshlarda ishtirok etishni yoqtirmayman. Lekin men Fyurini yana mag‘lub etsam, Joshua esa Dyubuani yengsa, uchinchi jang g‘oyasi paydo bo‘ladi. Entoniga qarshi trilogiyani rad etishga haqqim bo‘lmaydi, chunki uning o‘zi men bilan ikkita jangga rozi bo‘lgan. Men dunyoga mashhur bo‘lishimda uning hissasi katta. Shu sababli Entoni Dyubani mag‘lub etsa, unga uchinchi jang uchun imkoniyat berishga tayyorman”, — deydi Usik;

— Usik ushbu jangda ham favorit hisoblanmoqda;

— Oleksandr Usik 2018 yildan buyon ilk bor bir kalendar yilida 2 ta jang o‘tkazadi. Fyuri esa 2022 yilda ikki marta ringga chiqqan edi. Orada faoliyatini tugatib, qaytishga ham ulgurdi;

— Usikning professional ringdagi janglarining yarmi titul uchun bo‘lgan (22 tadan 11 tasi). Fyuri esa 36 tadan 7 ta jangida titul uchun ringga chiqqan;

— Taysonga qarshi revansh Usik uchun britaniyalik bokschilarga qarshi ketma-ket oltinchi jang bo‘ladi. Ushbu kurashlarda ustunlik ukrainalik bokschi tarafida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:10, 23.08.2024.
O'qildi: 1481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.