Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 4-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 1-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Xames tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi

Xames tez orada yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

"Real" va "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi, kolumbiyalik Xames Rodriges Madridga qaytdi va u yerda tez orada "Rayo Valyekano" bilan shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar bermoqda Marca.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi so‘nggi mavsumni “San-Paulu”da o‘tkazgan va u bilan avgust oyi boshida shartnomani bekor qilgan va bu qarorini Yevropaga qaytish va yuqori saviyada o‘ynash istagi bilan asoslagan edi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Rayo Valyekano" Xamesning qo‘lga kiritilishini klubning bu yilgi yuz yillik yubileyiga o‘z muxlislariga asosiy sovg‘a sifatida ko‘rmoqda.

Uning maoshi "tashqi in’eksiya" orqali ta’minlanishi aytilmoqda. Kolumbiyalikning o‘zi Madridda yashash imkoniyatini ishtiyoq bilan ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 14:04, 24.08.2024.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик