Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Jamshid Saidov: Bunaqasi faoliyatimda ilk bor sodir bo‘ldi

Jamshid Saidov: Bunaqasi faoliyatimda ilk bor sodir bo‘ldi

Baho:
+ | -

Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bu tur safarda "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib bordi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Nima ham deyish mumkin? Juda yaxshi boshladik, ammo ilk 22 daqiqada 4 ta gol o‘tkazib yubordik. Keyin, uyg‘ondik va harakat qilishni boshladik. Bilmadim, bugun negadir futbolchilar g‘alaba uchun xarakter va ishtiyoq bilan harakat qilmadi. O‘zimizga kelganimizda esa, kech bo‘lgan edi. Nima bo‘lganda ham, mag‘lubiyat uchun murabbiy aybdor. Balki, qayerdadir kerakli so‘zlarni topa olmagandirman.

Murabbiylik faoliyatingizda 20 daqiqada 4 ta gol o‘tkazib yuborganingizni eslay olasizmi?

Oxirgi paytlarda bunday ko‘p gol o‘tkazmagan edik. Hech qachon bunday bo‘lmagan. So‘nggi bor Olimpik bilan o‘yinda 10 daqiqada 3 ta gol o‘tkazib yuborgan edik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Bizga nima yetishmaganini ko‘rib chiqamiz.

Darvozabonni almashtirishingizning sababi nima?

Birinchi gol, nafaqat bir balki 3 ta gol uning aybi edi. Bunday holarda, ruhiy bosimda qoladigan posbonni murabbiylar almashtirishadi. Birinchi golda orqasidan kelganni ko‘rmay qoldi, ikkinchisida chiqishga kech qoldi. Juda ishonchsiz o‘yin o‘tkazdi. Aynan shu sababli uni almashtirishga qaror qildik. Keyin, vabankka bordik. Nimadir o‘ylab topishning keragi yo‘q edi. Shunchaki, oldinga o‘tdik va 2 ta gol kiritdik. Yakunda, biroz realizasiyadagi muammolar pand berdi.

Istanbulda bo‘lgan afsonaviy YCHL finalidagi murabbiyning 0:3 hisobida yengilayotgan jamoaga tanaffusda qilgan ishidan xabaringiz bor. Siz qanday yo‘l tutdingiz?

Bu "Milan" bilan bo‘lgan edi. O‘rinsiz savol bu. Har qanday murabbiy kiyinish xonasida motivasiya berishga harakat qiladi. Balki, oynani ochib qo‘yishim kerak bo‘lgandir bilmadim. Har bir mutaxassisning o‘z uslubi bor. Tanaffus aynan kamchiliklarni aytib ko‘rsatma berish uchun kerak. Ba’zi vaziyatlardan foydalanganimizda 4:4 o‘ynagan bo‘lar edik. Bu futbol, unda bunday xolatlar bo‘lib turadi. Men oldindan nima bo‘lishini bilganimda, hozir hammasi boshqacha bo‘lgan bo‘lar edi.

Xatoni men qildim deb o‘ylayman. Qayerdadir nimadir o‘tkazib yuborganman. Bu borada boshqotiramiz. Jamoa yaxshi boshladi, ammo gollar vaziyatni o‘zgaritirb yubordi. Ayniqsa, birinchi gol. Biz o‘zimizni yig‘ishtirib olishga ulgurmay keyingi gollarni o‘tkazib yubordik. Bu futbolda juda kam bo‘ladigan xodisa. Nimadir ta’sir qildi. Nima bo‘lganda ham, hech kimni ayblamayman. Ayb o‘zimda. Bahona qidirishdan foyda yo‘q. Agar eplay olmasam, o‘rinni bo‘shatib boshqa murabbiyga imkon berish kerak. Tamom.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:02, 25.08.2024.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.