Italiyada A seriyaning navbatdagi, uchinchi turi boshlandi, "Inter" o‘z uyida "Atalanta"ni ajoyib 4:0 hisobida mag‘lub etib, nihoyat favorit va amaldagi chempion maqomini tasdiqladi.
Bundan juda xursand bo‘lgan Markus Tyuram uchrashuvdagi voqealarga izoh berib, raqib haqida hurmat bilan gapirdi:
"Bu faqat uchinchi tur xolos. Biz qiyin raqibga qarshi kuchli o‘yin o‘tkazmoqchi edik va hamma narsa amalga oshdi.
Barella chiroyli gollar uradi, men u uchun xursandman", - deya Markus Tyuramning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.