Kirish Ro'yxatdan o'tish

La liga. «Real» Mbappening dubli evaziga «Betis»ni mag‘lub etdi (videosharh)

La liga. «Real» Mbappening dubli evaziga «Betis»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 4-turida “Real” 1 sentyabr, yakshanba kuni “Betis”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda madridliklar faollik ko‘rsatdi va 67-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kilian Mbappe La Ligadagi debyut golini kiritdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan “qaymoqranglilar” penalti ishlab oldi. Penaltini ham fransiyalik hujumchi aniq amalga oshirdi va dublni rasmiylashtirdi.

Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va “Real” ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 8 taga yetkazdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

La liga, 4-tur
1 sentyabr, yakshanba
“Real” — “Betis” 2:0
Gollar: 1:0 – 67 Mbappe, 2:0 – 75 Mbappe (penalti).
“Real Madrid”: Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 65), Ryudiger, Militao, Karvaxal, Sebalyos (Braim Dias, 65), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Mbappe (Modrich, 84), Rodrigo.
“Betis”: Ruy Silva, Perro, Natan, Lyorente, Sabali, Vilyam Karvalyu (Kardozo, 57), Roka, Fornals (Losada, 83), Sanches (Diao, 72), Ezzalzuli (Xuanmi, 83), Ruibal (Roke, 57).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (59), Karvaxal (65).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:18, 02.09.2024.
O'qildi: 5278 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик