«Barselona» hujumchisi Ansu Fati jarohatidan davolanishni deyarli yakunladi.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi bugundan to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshlagan. U FIFA kunlaridan so‘ng jamoa o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
«Barselona» navbatdagi o‘yinini 15 sentyabr kuni «Jirona»ga qarshi safarda o‘tkazadi.