Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

APL boyvachchalari

APL boyvachchalari

Baho:
+ | -

APL klublarida to‘p surayotgan yulduz futbolchilar daromad bo‘yicha sport olamida yuqori o‘rinlarda borishmoqda:

Eng ko‘p ish haqi olayotgan futbolchining yillik daromadi 15 mln. funt atrofida. Mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda, 2024G‘25 yillar mavsumida elitada ishtirok etadigan barcha jamoalarning eng boyvachcha o‘yinchilari bilan tanishtirishga qaror qildik.

«Arsenal» - Kay Xavers (haftasiga 280 000 funt)

Xaversning Bukayo Saka, Martin Edegor va Uilyam Salibadan ko‘proq maosh olishi biroz ajablanarli tuyulsada, bu fakt. «Chelsi»dan «to‘pchilar» safiga o‘tgan futbolchiga klub muruvvat ko‘rsatib, yiliga 14,5 mln. funt ish haqi beradigan bo‘ldi.

«Aston Villa» - Bubakar Kamara va Yuri Tilemans (150 000)

Bu ikki futbolchi «Villa»ning eng yaxshi to‘purari bo‘lmish Olli Uotkinsdan ko‘proq pul topishadi. Ya’ni, ular eng katta maosh oladiga o‘yinchilar.

«Bornmut» - Jastin Klyuyvert (80 000)

Niderlandiyalik yulduz ichki chempionatda 7ta gol urib, Angliyadagi ilk mavsumini samarali o‘tkazdi. Hozirda u haftasiga Dominik Solankega nisbatan 10 000 funt ko‘proq ish haqi olmoqda.

«Brentford» - Ben Mi (55 000)

Taajjubki, Ayven Touni «Brentford»ning eng katta maosh oladigan o‘yinchisi emas. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha cho‘qqini tajribali Mi egallagan. U har yili o‘z g‘aznasini 2,8 mln. funtga oshiradi.

«Brayton» - Kaoru Mitoma va Lyuis Dank (80 000)

Mitoma va Dank har haftada jamoadoshlariga nisbatan 20 000 funt ko‘proq haq oladilar. Ularning klub uchun nechog‘li kerak ekanliklarini maoshlardagi farqdan bemalol bilib olish mumkin.

«Chelsi» - Romelu Lukaku va Rahim Sterling (325 000)

«Funt-funt» prinsipiga ko‘ra, Lukakuning «Chelsi»ga o‘tishi APL tarixidagi eng yomon xaridmi? U toplar orasida bo‘lishi shart. Belgiyalik hujumchi so‘nggi 2 yilni «surgun»da o‘tkazgan bo‘lsada, klub unga 16,9 mln. funtni qurtdek sanab bermoqda. Rahim ham eng ko‘p daromad olayotgan futbolchi. Uning 325 000 funtli haftaligi «Siti»dagidan ko‘proq.

«Kristal Pelas» - Daiti Kamada (105 000)

«Burgutlar»ning yangi a’zosi endi eng ko‘p maosh olayotgan o‘yinchi. Yaponiyalik hujumkor yarim himoyachining yangi mavsumdagi ya’shi o‘yinlaridan barcha umidvor.

«Everton» - Abdulaye Dukure (130 000)

Ayni pallada Dukure Jordan Pikforddan o‘zib ketdi va 2024|25 yillar mavsumi boyvachchasiga aylandi. O‘tgan mavsumda jamoani muhim gollar bilan ta’minlagan Abdulaye sermahsul faoliyatini davom ettirsa, ajablanmaymiz.

«Fulxem» - Bernd Leno (130 000)

Germaniyalik posbon o‘tgan mavsumda 10ta o‘yinni «quruq» o‘tkazdi va aniq zarbalarning 72,1 foizini qaytarishga muvaffaq bo‘lgandi. Uning 2 yildan beri barqaror o‘ynayotganini inobatga olganda, klub boyvachchasi maqomini olgani bejiz emas.

«Ipsvich Taun» - Aksel Tuanzebe (20 000)

Shartnomalardagi bandga binoan, quyi ligadan yuqoriga ko‘tarilgan jamoalar futbolchilarining ish haqi oshirilishidan kelib chiqsak, «Ipsvich» o‘yinchilarining maoshlari ham ko‘payadi. Hozircha Tuanzebe jamoaning eng ko‘p maosh olayotgan futbolchisi, lekin tez orada qaysidir yangi futbolchi undan o‘zib ketishi ham mumkin.

«Lester» - Jeymi Vardi (140 000)

Bu afsona «tulkilar» safida qanchalik sermahsul to‘p surganini inobatga olganda, jamoada hammadan ko‘proq ish haqi olayotgani haqli ekanligiga shubha qolmaydi. O‘tgan mavsumda «Lester» aynan uning gollari tufayli yana elitaga qaytdi. Jeymi 37 yoshda ham navqiron yigitlardek serg‘ayrat va baquvvat.

«Liverpul» - Muhammad Saloh (350 000)

Misrlik afsona «qizillar» tarkibidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotganligi bois, uning kelajak faoliyatiga oid bahslar tobora avjiga chiqmoqda. Nima bo‘lganda ham, Arne Slot Salohning yuksak salohiyatidan maksimal darajada foydalanib qolishga urinishi aniq.

«Manchester Siti» - Kevin De Bryuyne (400 000)

20,8 mln. funtli ish haqi evaziga faoliyat yuritayotgan De Bryuyne 2024|25 yillar mavsumida ham APL boyvachchalari orasida yetakchilikni davom ettiradi. Erling Xolandning daromadi sal ozroq ekanligi o‘z-o‘zidan tushunarli - Kevin Gvardiola jamoasida muhimroq o‘rin tutadi.

«MYU» - Kazemiro (350 000)

O‘tgan mavsumni braziliyalik yarim himoyachi risoladagidek o‘tkaza olmadi. Biroq Erik ten Xag unga ishonch bildirmoqda va yangi mavsumda vaziyat o‘zgarishiga umid qilmoqda. Kazemiro jamoani tark etishi xususidagi mish-mishlar ham yo‘q emas. Lekin amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan, ish haqi vedomostidan chiqarish oson emas.

«Nyukasl» - Bruno Gimaraes (160 000)

Yozda Gimaraes ko‘pgina nomdor jamoalarning diqqat markazida bo‘ldi. Buning o‘ziga yarasha asosli sabablari bor, albatta. Braziliyalik maestro liganing eng zo‘r yarim himoyachilaridan biri ekanligini o‘zining samarali o‘yinlari bilan isbotlab keldi. «Qar­g‘alar» uni eng ko‘p ish haqi bilan siylashlari bejiz emas.

«Nottingem Forest» - Nikola Milenkovich (105 000)

«Forest» serbiyalik himoya­chi bilan 5 yillik shartnomani imzolagach, Nikola maosh borasida Morgan Gibbs-Uaytdan o‘zib ketdi va klubning yetakchi boyvachchasi bo‘lib oldi.

«Sautgempton» - Jo Aribo (70 000)

Aribo «avliyolar» safiga kelishi bilan asosiy tarkibdan joy olmagani sababli, uning eng ko‘p maosh olishi biroz ajablanarli hol, albatta. Ha, Jo o‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Adam Armstrongdan ko‘proq daromad olayotgani uchun klub mutasaddilariga rahmat aytishi kerak.

«Tottenxem» - Son Xin Min (190 000)

O‘tgan yil yozida Garri Keyn Londonni tark etgach, koreyalik jamoadoshi uning o‘rniga eng ko‘p ish haqi oladigan bo‘ldi. Sonning shartnoma muddati mavsum yakunida nihoyasiga yetadi, klub yangi kelishuvdan umidvor.

«Vest Xem» - Lukas Paketa (150 000)

«Bolg‘achilar» safida Kurt Zuma va Denni Ingsga nisbatan mo‘mayroq daromadga loyiq topilgan Paketa yangi mavsumni klubning 1-raqamli boyvachchasi maqomida o‘tkazadi.

«Vulverxempton» - Pablo Sarabiya va Gonsalu Gedesh (90 000)

Bu ikki jamoadoshning yillik daromadlari 4,7 mln. funt ekanligi ularning bankdagi hisob raqamlari doimo baquvvat bo‘lishidan darak beradi.

 S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:41, 02.09.2024.
O'qildi: 2856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.