Hujumchi Rahim Sterling ijara asosida "Chelsi"dan "Arsenal"ga o‘tgani haqida fikr bildirdi.
“Men xursandman. Biz [transferga]kechikishimiz mumkin edi, lekin men bunga umid qilgandim. Men "Arsenal" men uchun juda mos keladi, deb o‘ylayman.
Hamma g‘alabaga chanqoq bo‘lgan shunday futbol klubida bo‘lish men uchun ideal", - deya Sterlingning so‘zlarini keltiradi London klubi rasmiy sayti.