Kirish Ro'yxatdan o'tish

Italiya klubi Balotelliga taklif yubordi

Italiya klubi Balotelliga taklif yubordi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi tarkibida Yevropa vise-chempioni, hujumchi Mario Balotelli faoliyatini qayerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi.

La Stampa nashri xabariga ko‘ra, yozda erkin agentga aylangan 34 yoshli forvard futbolchi o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahar klubi - "Palermo"dan taklif olgan.

Balotellining xizmatlariga Braziliyaning “Korintians” va Amerikaning “San-Diyego” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Balotelli tizzasidan olgan jarohati tufayli o‘tgan mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi. “Adana Demirspor” safida Turkiya Superligasining 16 uchrashuvida 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:33, 04.09.2024.
O'qildi: 1023 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик