Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Srechko Katanes: «Asosiy maqsadimiz kerakli natijani qo‘lga kiritish edi va buni uddaladik»

Srechko Katanes: «Asosiy maqsadimiz kerakli natijani qo‘lga kiritish edi va buni uddaladik»

Baho:
+ | -

O‘yindan so‘ng Srechko Katanes va Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Srechko Katanes:

O‘yin haqida
— Bugun qiyin o‘tgan bahsda g‘alaba qozondik. O‘z imkoniyatimizni to‘liq namoyish eta olmadik, lekin muhimi g‘alaba qozondik. Birinchi bo‘limda ko‘proq gol kiritsak bo‘lardi, sababi ko‘p vaziyatlar yarata oldik. Penalti ham o‘z xatolarimiz ortidan yuzaga keldi.

Raqib bizdan ko‘ra ko‘proq yig‘in o‘tkazgan holda bugungi o‘yinga yetib keldi. Shu sababli ular jismoniy tomondan yaxshi harakat qila olishdi, deb o‘ylayman.

— Aytganimdek, bugun yetarlicha imkoniyatga ega bo‘ldik. Muammo asosan jismoniy holatda bo‘ldi. Bizning asosiy maqsadimiz kerakli natijalarni qo‘lga kiritish va bugun buni uddaladik. Oldimizda Qirg‘iz Respublikasiga qarshi yana bir muhim o‘yin kutib turibdi. Guruhdagi boshqa raqiblari xususida gapirishga hali erta.

Jaloliddin Masharipov:

O‘yin haqida
— Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Bu bosqich biz uchun har doim oson bo‘lmagan, chunki uning o‘ziga yarasha bosimi bor. Keyingi o‘yinlarda chiroyli g‘alaba qozonib, xalqimizni Xursand qilishga harakat qilamiz.

O‘z o‘yinimizni to‘liq ko‘rsata oldik, deya olmayman. Sababi ozroq hayajon bo‘ldi, JCHga yaqinlashganingiz sari bosim va hayajon bo‘lishi tabiiy. Biroq shu kabi muhim o‘yinlar bilan Jahon chempionatiga yo‘l olinadi, deb o‘ylayman.

Raqib haqida
— Bu bosqichda kuchsiz raqib yo‘q. Psixologik tayyorgarlik ko‘p narsani hal qiladi. Bosh murabbiyimiz ham hech qaysi o‘yin oson bo‘lmasligini uqtirib kelmoqda. Keyingi o‘yinlarda yanada yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:35, 05.09.2024.
O'qildi: 2635 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.