Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gallas: "Gallaxerning sotilishi - eng katta xatolardan biri bo‘ldi"

Gallas: "Gallaxerning sotilishi - eng katta xatolardan biri bo‘ldi"

Baho:
+1 | -

Uilyam Gallas nima uchun "Chelsi" Konor Gallaxerni sotganini tushunmayapti.

"Konor Gallaxerni sotish transfer oynasidagi eng katta xatolardan biri bo‘ldi, klub nima uchun uni sotishga qaror qilganini bilmayman.

U klub sardori edi va ingliz futbolchilari bo‘lishi juda muhim. Ris Jeyms jarohat olganini inobatga olsak, hozir ularning asosiy tarkibida ikkita ingliz bor.

Yetakchilardan birini "Atletiko"ga sotishni tushunish qiyin. U jamoa uchun juda muhim edi va qolishi kerak edi"- dedi "Chelsi"ning sobiq himoyachisi Gambling Zone bilan suhbatda.

Kiritildi: 07:24, 09.09.2024.
O'qildi: 1039 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик