"Al-Hilol"ning braziliyalik yulduzi Neymar hamon jiddiy jarohatini davolash bilan band. Kecha 33 yoshli futbolchining tiklanishi sekin kechayotgani va yana 2 oycha vaqt kerakligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.
Yulduz hujumchi bu yangiliklardan so‘ng o‘z Instagram sahifasiga yangi post joyladi va unga "Jimgina ishlang va taslim bo‘lmang", - deb izoh qoldirgan.