Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Vadim Abramov: «Shuncha mehnat qilib yutqazib qo‘yish alamli, hammasiga o‘zimiz aybdormiz»

Vadim Abramov: «Shuncha mehnat qilib yutqazib qo‘yish alamli, hammasiga o‘zimiz aybdormiz»

Baho:
+ | -

«Dinamo» — «Bunyodkor» (2:3) uchrashuvidan keyin dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov mag‘lubiyatli o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

— Nima ham derdim, afsuski uchta standart vaziyatdan shunaqa gollarni o‘tkazib yubordik. Bu – futbol. Biz o‘zimizning nozik nuqtalarimizni bilardik va xavotirlar ham bor edi. Jamoa yomon o‘ynadi, deya olmayman. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik. Superligada ishtirok etayotgan jamoa bunaqa gollarni o‘tkazib yubormasligi kerak. Bugun omad raqib jamoa tomonida bo‘ldi, ularni tabriklayman.

— Kojo bugun ko‘p harakat qildi, ammo o‘yini chiqmadi...
— Bu odatiy holat, o‘zi futbolchi milliy jamoadan qaytgach shunday holat bo‘lib turadi. Chunki o‘yinlar, uzoq masofaga uchishlar istalgan o‘yinchiga ta’sir qiladi.

— Alamli mag‘lubiyatdan keyin kiyinish xonasida futbolchilarga nima dedingiz?
— Avvalo, maydondagi o‘z mehnatingizni qadrlang, dedim. Shuncha mehnat qilib, yutqazib qo‘yish alamli, hammasiga o‘zimiz aybdormiz. Ha, darvozabon xato qilgandir, ammo unga yordam berish mumkin edi, vaziyatdan oldingi xatolarimiz shunday gollarga sabab bo‘ldi. Aslini olganda uchinchi gol kiritilishidan oldin jarima zarbasini belgilash uchun menga asos ko‘rinmadi. Ungacha ham hakam o‘yinni to‘xtatishi kerak edi.

— «Dinamo»ning «Paxtakor» va «Navbahor» bilan o‘yinlari boshqa sanaga ko‘chirilganini qanday izohlaysiz?
— Ushbu ikki jamoa o‘yinni boshqa sanaga ko‘chirish masalasida bizga murojaat qilishdi, biz ularga yo‘q demay, rozi bo‘ldik. Endi bor e’tiborimizni keyingi o‘yinlarga qaratamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 23:52, 14.09.2024.
O'qildi: 1798 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик