Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Shaskix - OCHL oldidan: «Yigitlarni bellashuvga yaxshi tayyorlashga intildik»

Shaskix - OCHL oldidan: «Yigitlarni bellashuvga yaxshi tayyorlashga intildik»

Baho:
+ | -

Bugun Elit Chempionlar ligasining birinchi turidan avval matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Maksim Shaskix: - Ertaga Elit Chempionlar Ligasini boshlaymiz. Raqibni o‘rgandik, ular chempionatda ikki o‘yin o‘tkazdi. Yaxshi o‘ynaydigan, tajribali futbolchilarga ega jamoa. Bahs qiziqarli kechadi deb o‘ylayman. Yigitlarni bellashuvga yaxshi tayyorlashga intildik.

Birinchi navbatda o‘yindagi intizom bilan raqibni yengish mumkin. Butun bellashuv mobaynida o‘yinga tuzilgan rejalarni bajarishga intilishimiz kerak. Uchrashuvda imkoniyatlar teng. Raqibning uzoq vaqtdan beri Chempionlar Ligasida qatnashmagani katta muammo emas. Biz xohish va ishtiyoq bilan ushbu jamoaga qarshi harakat qilishimiz darkor.

Abdulla Abdullayev: - Raqib ham biz kabi hujumkor futbol ko‘rsatishni yoqtiradigan jamoa. Bahs juda qiziq bo‘lishini kutyapman.

«Vasl» himoyada ham, hujumda ham juda yaxshi o‘ynaydi. Yuqori saviyali ijrochilarga ega. Biz uyda o‘ynayapmiz va ijobiy natija uchun borimizni beramiz.

Kiritildi: 19:28, 16.09.2024.
O'qildi: 1803 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик