Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Shaxmat, Budapesht-2024. Jamoalarimiz bugun 7-turni to‘kazishadi. Raqiblar aniq

Shaxmat, Budapesht-2024. Jamoalarimiz bugun 7-turni to‘kazishadi. Raqiblar aniq

Baho:
+ | -

45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida bugun 7-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Jamoalarimizning raqiblari aniq bo‘ldi.

Bu turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Ukrainaga qarshi dona suradi. Bu jamoa musobaqada 15-raqam ostida saralangan (O‘zbekiston esa 4-raqamli jamoa). Ukraina 4-turda AQSHni mag‘lub etgani e’tiborga molik. Ukrainlar ayni paytda 7-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, O‘zbekiston 5-o‘rinni band etgan. Har ikki jamoa hisobida 10 tadan ochko mavjud.

Qizlarimiz esa bugun Gresiya bilan to‘qnash keladi. Bu raqib musobaqada 23-raqam ostida saralangan va ayni paytda jadvalda 17-o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston esa 34-raqamli jamoa hisoblanadi va 6-turdan so‘ng 16-o‘rinni band etib turibdi. Har ikki jamoa hisobida 9 tadan ochko mavjud.

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:49, 18.09.2024.
O'qildi: 2127 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик