Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor

La Liga rahbari: "Rodrining ish tashlash haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlayman"

La Liga rahbari: "Rodrining ish tashlash haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlayman"

Baho:
+ | -

Avvalroq, "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri taqvim tig‘izligi tufayli futbolchilar ish tashlashlarini tan olgandi: "Biz bunga yaqinmiz. Mavsumda 70-80 o‘yin - bu juda ko‘p. Agar odamlar eng yaxshi futbolni ko‘rishni istasa, biz dam olishimiz kerak" - degandi.

Rodrining ushbu so‘zlariga La Liga rahbari Xavyer Tebas munosabat bildirdi.

"FIFA 20 ta klub ishtirokidagi chempionatlar qisqarishini istashadi va biz bunga rozi emasmiz.

Eng yaxshi o‘yinchilar beshta o‘rniga 6ta Ferrariga, oltita o‘rniga sakkizta uyga ega bo‘lishadi. Hammasi sud jarayonida tugaydi, chunki bu davom eta olmaydi.

Men Rodri aytgan mumkin bo‘lgan ish tashlashni qo‘llab-quvvatlayman, chunki bu shunchaki ish tashlash emas.

Muammo nafaqat ushbu 70 nafar futbolchining sog‘lig‘ida, balki soha balansida ham. Ba’zilarning sog‘lig‘i yomonlashadi, boshqalarning oilasi azoblanadi", - dedi La Liga prezidenti.

Kiritildi: 18:03, 18.09.2024.
O'qildi: 1131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик