Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi qanday natija bilan Jahon chempionatida nimchorak finalga yo‘l olishi mumkin?

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi qanday natija bilan Jahon chempionatida nimchorak finalga yo‘l olishi mumkin?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi hal qiluvchi pallaga keldi.

Bugun, 20 sentyabr kuni A hamda B guruhlarida muhim o‘yinlar kutib turibdi.

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi 2 turdan keyin bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etib, 2 turdan so‘ng ham guruhdan chiqish masalasini hal qilmadi. Xo‘sh, O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyati qanday? Keyingi bosqichda qaysi jamoa bilan to‘qnash kelishi mumkin?



O‘zbekistonning g‘alabasi nimchorak kafolati!

A guruhining uchinchi turida O‘zbekiston jamoasi Kosta Rika, Paragvay jamoasi esa Niderlandiya bilan o‘ynaydi. Mezbonlar Kosta Rika jamoasini mag‘lub etsa, 4 ochkoga ega bo‘ladi. Guruhdagi o‘rni esa ikkinchi juftlikka bog‘liq bo‘ladi. Agar ushbu o‘yinda Niderlandiya mag‘lub bo‘lsa yoki durang o‘ynasa, O‘zbekiston ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Niderlandiya esa boshqa guruhdagi vaziyatni kutishga majbur bo‘ladi.

Niderlandlar Paragvay ustidan g‘alaba qozongan taqdirda ham O‘zbekiston o‘z o‘yinida yutsa, 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi. Chunki 3 ta guruhda 3-o‘rin egasi 3 ochkodan ko‘p ochko jamg‘armasligi hozirdanoq ma’lum. Uchinchi o‘rinlar oraisda 4 ta eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar nimchorak finalga yo‘l olishini hisobga oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning har qanday hisobdagi g‘alabasi keyingi bosqich uchun yo‘llanma taqdim etadi.

Durang bo‘lsa ham imkon bor

O‘zbekiston jamoasi durang qayd etsa ham imkoniyat saqlanib qoladi. Ammo bu yerda juda ham ko‘p faktorlarni inobatga olish zarur bo‘ladi.

Agar Paragvay jamoasi Niderlandiya ustidan 4 ta yoki undan ko‘p to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa, O‘zbekiston ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. Niderlandiya uchta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lsa, keyingi faktorlar inobatga olinadi.

Bunda O‘zbekiston durang qayd etganda ham Niderlandiyadan bitta to‘p ko‘proq urishi zarur. Deylik, Niderlandiya Paragvayga 0:1 ga yutqazsa, O‘zbekiston kamida 2 ta gol urishi talab etiladi. Shunda O‘zbekiston urilgan gollar sonidagi ustunlik evaziga 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Mobodo O‘zbekiston Niderlandiya bilan urilgan gollarda ham tenglikni yuzaga keltirsa, o‘zaro o‘yinga qaraladi: jamoalar durang o‘ynaganini inobatga olsak, bu holatda sariq kartochkalar inobatga olinadi. Niderlandiya jamoasi 2 o‘yinda 2 ta sariq kartochka olgan, o‘zbekistonlik futzalchilarga 3 marta ogohlantirish berilgan. Demak, bu borada ustunlik niderlandlarda. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda Niderlandiya futzalchilarining kamida 2 marta ogohlantirilishiga umid qilishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga o‘zi Kosta Rika bilan o‘yinda ogohlantirmasligi kerak.

Mabodo, niderlandiyalik Paragvay bilan o‘yinda bitta sariq kartochka olib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha vaziyat tenglashadi. Natijada 2 va 3-o‘rin egasi qur’a yordamida aniqlanadi.

Niderlandiyaning g‘alabasi, durang yoki kichik hisobdagi mag‘lubiyati durang qayd etgan o‘zbekistonliklar uchun 2-o‘rindan umid uzish degani. Shunda ham uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olish mumkin.

Hozirda O‘zbekiston futbolchilari 3 marta, Kosta Rika jamoasi esa 5 marta ogohlantirilgan. Demak, ulardan kamroq olingan sariq kartochka sabab guruhda 3-bo‘lishimiz mumkin.

Shundan so‘ng qolgan o‘yinlar natijasini kutishga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘yinlardan kamida ikkitasida durang qayd etilsa, O‘zbekiston jamoasi 2 ochko bilan ham keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin: Xorvatiya—Kuba, Panama—Tojikiston, Gvatemala—Venesuela.

Kimlar raqib bo‘ladi?

O‘zbekiston milliy jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritsa, C guruhida ikkinchi o‘rinni olishi mumkin bo‘lgan Afg‘oniston yoki Ukraina bilan o‘ynaydi.

Uchinchi o‘rinni olsa, B guruhida yetakchisi Braziliya va Tailand jamoalaridan biri yoki C guruhida birinchi o‘rinni olishi mumkin bo‘lgan Argentina bilan nimchorakda to‘qnash keladi.

Xulosa o‘rnida, O‘zbekiston jamoasi uchun eng optimal variant — g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olish. Uchinchi o‘rin mezbonlar uchun juda ham qiyin raqiblarni taqdim etadi.

Erkin G‘aybullayev tayyorladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:17, 20.09.2024.
O'qildi: 4056 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.