"Inter" ustozi Simone Indzagi bo‘lajak Milan derbisidan nimani kutayotgani haqida gapirdi.
"O‘tgan derbilar haqida o‘ylamasligimiz kerak - endi ular shunchaki yoqimli xotiralar. Biz ajoyib futbolchilarga ega juda kuchli jamoaga qarshi chiqamiz.
"Milan" "Venesiya"ga qarshi yaxshi o‘ynadi, keyin esa "Liverpul"ga yutqazdi, lekin men o‘z jamoamga e’tibor qaratishdan to‘xtamayman.
Derbida hamma prognozlar chippakka chiqishi mumkin. Biz raqiblarimizni hamma narsada, jumladan, mayda detallarda ham ortda qoldirishimiz kerak. Biz o‘zimizni kuchli his qilamiz, hammaga va hamma narsaga tayyormiz, lekin biz yaxshilanishimiz mumkinligini bilamiz. Biz oxirgi pas ustida ishlashimiz kerak, bu biz o‘rganayotgan ishdir", - deya Indzagining so‘zlarini keltiradi Football Italia.