"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 39 yoshli Luka Modrichning o‘yinidan mamnun.
"Los-Blankos" sardori La Liganing "Espanyol"ga qarshi o‘yinida (4:1) asosiy tarkibda maydonga tushib, final hushtagigacha o‘ynadi.
"Har qanday futbolchi maydonda ko‘p vaqt o‘tkazsa, o‘zini yaxshilaydi. Luka har doim o‘zining maksimal darajasini ko‘rsatadi. Men uchun uning maydonga tushishi ishonch kafolatidir", - dedi italiyalik murabbiy o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.