Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Saka: "Arsenal" "Man Siti"ga qarshi himoyada o‘ynayaptimi? Bunga ahamiyat bermayman"

Saka: "Arsenal" "Man Siti"ga qarshi himoyada o‘ynayaptimi? Bunga ahamiyat bermayman"

Baho:
+ | -

"Arsenal" vingeri Bukayo Saka "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlarda "kanonirlar"ning haddan tashqari himoyaviy o‘ynagani uchun qilingan tanqidlarga javob berdi.

"To‘g‘risini aytsam, men bunga ahamiyat bermayman. Jamoamiz nimaga ishonishini va nimaga erishmoqchi ekanligini biladi. Haqiqiy sabablarni faqat biz bilamiz. Oxirgi safar biz "Etihad"ga g‘alaba qozonish uchun borgan edik, bugun esa buni yana takrorlaymiz", - dedi Saka.

Jamoalar o‘rtasidagi APL doirasidagi “Manchester Siti”ning uy stadionida kechgan so‘nggi uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi. Bu o‘tgan mavsumning 30-turida bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 15:50, 22.09.2024.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик