«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri «Arsenal»ga qarshi (1:1) Angliya Premyer-ligasining 5-tur o‘yinida jarohat olgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli ispaniyalik tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. U tizzasidagi muammolar sabab kamida 6 oy maydonga tushmaydigan bo‘ldi.