"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker "Arsenal"ga qarshi bahs haqida gapirdi.
"Shaharliklar" futbolchisi londonliklar himoyada a’lo darajada harakat qilganini tan oldi.
"Bu qarama-qarshilik har doim keskin. Biz har doim o‘z uyimizda g‘alaba qozonishimiz kerak, ammo ular qanchalik yaxshi himoyalangani uchun biz ularga shapkamizni yechdik.
Himoyachi sifatida buni qadrlamasdan ilojim yo‘q", - deya Uokerning so‘zlarini keltiradi «Manchester Siti» matbuot xizmati.