"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde darvozabon Inyaki Penyani maqtadi. 25 yoshli darvozabon og‘ir jarohat olgan Mark-Andre ter Shtegen o‘rniga maydonga tushdi.
Chorshanba kuni ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va "blaugrana"ga "Xetafe" ustidan (1:0) sof g‘alaba qozonishga yordam berdi.
"Biz Penyaga to‘liq ishonamiz", - deydi uning jamoadoshi Alexandro Balde darvozabon haqida. "U har doim 100% borini beradi, jamoa uni qo‘llab-quvvatlaydi", - deya 20 yoshli chap qanot himoyachisi so‘zlarini keltiradi ispan OAVlari.